10:30 / 11.01.2018
58814
Reklama

Toshkentdagi “ekonom” toifasiga kiruvchi ko‘p qavatli uylar bilan tanishamiz

Avvallari ko‘p qavatli uylar haqida so‘z borganida faqatgina ikki ta'rif berilardi: arzon va qimmat uylar. Hozir esa zamon shiddat bilan rivojlangani sayin turar-joylar toifasi ham tobora ko‘payib bormoqda.

Ekonom, komfort (shinam), komfort+, biznes, premium, elit, de luxe — ko‘p qavatli turargohlarning asosiy toifalari shulardan iboratdir. Bugungi kunda yurtimizning har burchagida yangi, zamonaviy turar-joy majmualari qurilmoqda. Bu esa o‘z navbatida xaridorlar uchun keng tanlov imkoniyatini beradi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Ko‘p xonadonli uy-joylar narxining xilma-xilligi qanday tasniflanadi? Yangi qurilgan imoratlar qiymati nimaga asoslanib farqlanadi?

Joylashuvi

Turar-joy majmualari shahar markazida joylashgan bo‘lsa, uning qiymati ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shuningdek, atrofida ko‘plab savdo markazlari, rivojlangan infratuzilmalar, xiyobonlar, metropoliten joylashgan majmualarning bahosi ham chekka tumanlarda qurilgan uylarga nisbatan qimmatroq belgilanadi.

Dizayn va qurilish uchun ishlatilgan materiallar

Albatta, uylarning toifalarga ajratilishida binoning tashqi va ichki qismining qurilishiga ishlatilgan xom ashyolar, qimmatbaho bezaklar ham katta rol o‘ynaydi.

Uyning holati

Qurilishi tugatilib, yashash uchun tayyor bo‘lgan uylarning narxi ham hamisha yuqoriroq turadi. Bundan tashqari, eng so‘nggi urfga ko‘ra ta'mirlangan xonadon ham boshqalarga nisbatan qimmatroqdir.

Brend va mavqe

Turar-joy bozorida o‘z maqomiga ega bo‘lgan quruvchi kompaniyalar ma'lum bir iste'molchi uchun uylarni bunyod qilishadi. Shu sababli, uylarning narx-navosi brend nomiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Boshqa omillar

Shuningdek, bo‘lajak uy egalariga yaratib berilgan qo‘shimcha shart-sharoitlar, qulayliklar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga majmua atrofida bolalar o‘yingohlari, favvoralar qurilishi, zamonaviy liftlar, xonadon ichida ayrim uskuna va jihozlarning o‘rnatilganini misol qilish mumkin.

Quyida yangi qurilayotgan “ekonom” va “shinam” toifadagi ko‘p qavatli turar-joylar va ularning bahosi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

A. «Oazis» turar-joy majmuasi,

Developer: «Zarafshon Buildings»

Manzil: Yunusobod 4 mavze

Narxi: kv.metr uchun 4 200 000 so‘mdan

Foto: «Oazis» turar-joy majmuasi

B. “Mevazor” turar-joy majmuasi,

Developer: «Yuka Stroy»

Manzil: Chilonzor 19 mavze

Narxi: kv.m. uchun 4 500 000 so‘mdan

Foto: “Mevazor” turar-joy majmuasi

V. Oydin” turar-joy majmuasi,

 Developer: “Real House”

Manzil: Shimoliy Olmazor, Chuqursoy ko‘chasi

Narxi: kv.m. uchun 1-2 qavat 4 500 000 so‘m, 3-qavat 4 200 000, 4-5 qavat 4 000 000

Foto: “Oydin” turar-joy majmuasi

G. “Dormon” turar-joy majmuasi,

Developer: “Tinchlik”

Manzil: TTZ, Do‘rmon

Narxi: kv.m. uchun 4 200 000 so‘mdan

Foto: “Do’rmon” turar-joy majmuasi

D. Sergeli-5 turar-joy majmuasi,

Developer: “Semurg Business Invest”

Manzil: Sergeli-5

Narxi: kv.m. uchun 3 800 000 so‘mdan

Foto: Uybor.uz

Toshkent shahridan narxi juda qimmat bo‘lmagan, shinamgina uy xarid qilishni istaysizmi? Uybor.uz bu borada sizga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida

Top