09:40 / 11.01.2018
15296

O‘zbekistonning eng yaxshi shaxmatchilari taqdirlandi

Foto: Kun.uz

10 yanvar kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan 2017 yil sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan yilda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar, hakamlar, murabbiylarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar beradi. 

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Husan Turdialiyevning ma'lum qilishicha, milliy terma jamoa a'zolari o‘tgan yilda 50ga yaqin xalqaro turnirlarda ishtirok etib, jami 39 oltin, 35 kumush, 36 bronza medallarini qo‘lga kiritishgan. 

Dunyoning eng yosh grossmeysteri unvoniga sazovor bo‘lgan Nodir Abdusattorov Osiyo Shaxmat federatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi o‘smir shaxmatchisi” deya e'tirof etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan 2017 yilning eng yaxshi shaxmat ustalari aniqlandi. Unga ko‘ra, 13 yoshli Nodirbek Abdusattorov (eng yaxshi erkak shaxmatchi), Nodira Nodirjonova (eng yaxshi ayol shaxmatchi), Yoqubboyev Nodirbek (eng yaxshi yosh shaxmatchi), Gulruhbegim Tohirjonova (eng yaxshi yosh shaxmatchi) eng kuchli sportchilar deb topildi. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Shuningdek, Olga Sobirova – eng yaxshi arbitor, Marat Jumayev – eng yaxshi trener, Buxoro viloyatining “Yetti yulduz” klubi esa eng yaxshi shaxmat klubi deb e'tirof etildi.

Top