15:32 / 12.01.2018
7363

Qatar BAA ustidan BMTga shikoyat qildi

Foto: Anadolu

Qatar Birlashgan Arab Amirliklari harbiy samolyotlari mamlakat havo kengligini buzgani munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.

Qatarning BMTdagi vakolatxonasi Birlashgan Arab Amirliklari harbiy samolyotlaridan biri mamlakat havo chegaralarini buzganligini xabar qildi.

Doha Abu Dabini xalqaro huquq normalari va Qatar milliy xavfsizligiga tahdid solganlikda ayblamoqda.

Shikoyatning nusxasi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga taqdim etilgan.

Qatar shunday holat takroran sodir bo‘lgan taqdirda, havo kengligi va milliy xavfsizligini himoya qilish uchun choralar ko‘rish huquqiga ega.

Top