13:02 / 12.01.2018
13129

Neymar nega boshida butsa bilan golni nishonlaganiga izoh berdi

Foto: Reuters

«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya Kubogidan o‘rin olgan «Amen»ga (2:0) qarshi o‘yinda urgan golini boshiga butsasini qo‘ygan holda nishonlagan edi.

Braziliyalik to‘purar shu tariqa do‘sti Morayesni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganini Instagram sahifasida tushuntirdi.

«Kim Joao Selso Morayes bilan tanish bo‘lsa, nega golni bunday nishonlaganimni juda yaxshi biladi. Kim tanish bo‘lmasa, uning fotosuratlarini ko‘rsin. Do‘stim, eng yaxshi tilaklarim senga» - deb yozdi Neymar.

Top