14:20 / 12.01.2018
18385

Neymarning transfer narxi bitkoin kabi o‘smoqda

Foto: AFP

«Real» rekord transferni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘ryapti, deb ta'kidlamoqda Marca. 

Madrid klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritish uchun qattiq bel bog‘lagan va uning transferi uchun 400 million yevro bermoqchi.

Agar madridliklar Neymar transferini amalga oshirolmasa, uning o‘rniga Harri Keyn, Eden Azar yoki Timo Verner variantini ham ko‘rib chiqmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Neymar yozda «Barselona»dan «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Top