11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag'ishlangan videoselektorda prezident elchixonada ishlab kelgan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarishini ma`lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev yig'ilishda «barcha diplomatlar o'zining idoraviy mas`ulligidan qat`i nazar, elchining xizmat topshiriqlarini so'zsiz bajarishi» lozimligini ta`kidladi. 

«Elchixonada bir-ikkita idoralar vakillari ishlaydi, men hammasini qaytarib olaman. Bo'ldi, u zamon tugadi. Elchi prezidentning vakili, siz ortidan kuzatib boradigan kimsa emas​», deya davlat rahbari elchixonada diplomatik vazifada ishlamagan xodimlarga ishora qildi.