10:00 / 12.01.2018
11868

Taniqli bokcchi Deontey Uaylderga qamoq jazosi berildi

Foto: roundbyroundboxing

Amerikalik bokschi Deontey Uaylder marixuana saqlagani uchun qamoq jazosiga mahkum qilindi. Unga 30 kunlik qamoq va 60 soatlik jamoat ishlarini bajarish jazosi tayinlandi. Qamoq jazosi ikki yillik sinov muddati ham hisoblanadi.

Boxingscene ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil yozda AQShning Taskalusa shahrida bokschi haydayotgan mashina politsiyachi tomondan to‘xtatilgan. Politsiyachi marixuana hidini sezib, mashinada tintuv o‘tkazgan va giyohvand modda topgan.

Bokschi hibsga olingan va keyinroq garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. Bokschi vakilining ta'kidlashicha, Uaylder shaharda bo‘lmaganda uning mashinasinidan boshqa shaxs foydalangan. Biroq bu vaj sudni qanoatlantirmagan va sportchi aybdor deb topilgan. 

Uaylder o‘z faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, 39 ta g‘alabaga erishgan. E'tiborlisi, ulardan 38 tasini nokaut bilan yakunlagan.

Top