16:40 / 12.01.2018
26807

Zimbabveda ilk milliarder paydo bo‘ldi

Foto: Frank Augstein / WPA Pool / Getty Images

Zimbabve – dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri, yaqin vaqtgacha milliarderlar orasida birorta zimbabvelik bo‘lmagan. Biroq Forbes versiyasiga ko‘ra, Afrikaning eng badavlat kishilarining yangi reytingiga telekommunikatsiya magnati Strayv Masiiva kiritilgan, uning moliyaviy holati 1,7 milliard dollarga baholangan. 

57 yoshli Masiiva — mobil telefonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Econet Wireless kompaniyasining bosh ijrochi direktori va asosiy aksiyadori. Shuningdek kompaniya moliya, sug‘urta, elektron kommersiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ta'lim va boshqa sohalarga ham investitsiya kiritadi. 

Masiivaning boshqa aktivlari orasida - Liquid Telecom aksiyalarining nazorat paketi, Burundi va Lesotodagi mobil telefonlar tarmoqlaridagi ulushi ham bor. Shuningdek u Afrikadagi moliyaviy texnik va distribyutorlik firmalariga ham sarmoya yo‘naltiradi. U turmush o‘rtog‘i Tsitsi bilan "Oliy hayot" fondiga asos solgan bo‘lib, u Zimbabve, Janubiy Afrika, Burundi va Lesotodagi ota-onasiz qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

So‘nggi yilda Econet Wireless aksiyalari taxminan besh karra oshdi - bir aksiya narxi 18 dollardan 90 dollarga o‘sgani kuzatildi. 

 

Mavzuga oid
Top