07:33 / 13.01.2018
7480

Tsukerberg Facebook tasmasi o‘zgarishi sababli 3 milliard dollardan “ayrildi”

Foto: AFP 2017 / Kimihiro Hoshino

Facebook kompaniyasining aksiyalari uning asoschisi Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqning yangiliklar tasmasida o‘zgarishlar bo‘lishini e'lon qilgandan keyin 4,5 foizga arzonlashdi. Bundan Nasdaq birjasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Tsukerbergga kompaniyaning 14 foiz aksiyasi tegishli bo‘lib, aksiyalar arzonlashishi tadbirkor boyligining 3,2 mlrd dollarga kamayishiga olib keldi. Hozir uning boyligi 74 mlrd dollarga baholanmoqda.

Avvalroq Tsukerberg rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar shaxslararo muloqotni mustahkamlashga va ommaviy foydalanuvchilar kontenti kamayishiga qaratilganini ma'lum qilgandi.

Tsukerbergning aytishicha, kompaniyalar, brendlar va OAV xabarlari soni kamayadi, ularning mazmuni odamlar o‘rtasida muhim aloqalar o‘rnatilishiga ko‘mak berishi kerak.

“Bu o‘zgarishlarini kiritib, men odamlar Facebook’da kamroq vaqt o‘tkazishlariga, ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun sabablar kamayishiga umid qilmoqdaman, Biroq men siz Facebook’da o‘tkazadigan vaqt foydaliroq va qimmatliroq bo‘lishini mo‘ljallamoqdaman”, deb aytgan Tsukerberg.

Mavzuga oid
Top