IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda «Postda» gazetasida xabar berildi.

Podpolkovnik Rustem Toxtarbayevich Baltaniyazov Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig'i lavozimiga, 
 
polkovnik Muhammadjon Amangaldiyevich Atabayev – Xorazm viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga,
 
podpolkovnik Erkin Nasilloyevich Safarov – Buxoro viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga, 

podpolkovnik Mirzoxon Fayozovich Zubaydullayev – Samarqand viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga, 

podpolkovnik Azizxon Sobirovich Saidxo'jayev – Qashqadaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari – Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.