10:29 / 13.01.2018
142067

Shohjahon Ergashev yengilmas bokschini nokautga uchratdi

Professional boksning super yengil ( super lightweight, 63,5 kg.gacha) vaznida ringga chiquvchi Shohjahon Ergashev (12-0, 12 KOs) o‘zining navbatdagi jangini ham nokaut bilan tugatdi.

O‘zbekistonlik bokschi o‘zining profi ringdagi 12-jangini AQShning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o‘tkazib, bu safar amerikalik yengilmas bokschi, WBA reytingida 8-o‘rinda borayotgan Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs) uning raqibi bo‘ldi. Ergashev bu safar raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi va ketma-ket 12 jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alabaga erishgandi. 12 jangda esa u raqiblarini nokautga uchratgandi. Ushbu vazn toifasining WBA yo‘nalishida chempionlik kamari bo‘sh qolmoqda. Reytingda top-10likka kirgan Fredrikson Ergashevni mag‘lubiyatga uchratganida da'vogarlik uchun ringga ko‘tarilishi mumkin bo‘lardi.

Mavzuga oid
Top