Zambiya hukumati mamlakatning ba`zi tumanlarida ko'cha savdosini taqiqladi va komendantlik soatini joriy qildi, shu yo'l bilan vabo epidemiyasi to'xtatilmoqchi. Bu haqda Reuters davlat IIV rahbari Stefano Kampiongoga tayangan holda xabar bermoqda.

Bunday qarorga mamlakat poytaxti Lusakadagi norozilik namoyishlari sabab bo'lgan, ular politsiya bilan to'qnashuvlarga olib keldi.

Ta`kidlanishicha, namoyishchilar guruhi politsiya bo'linmasiga hujum qilgan, shuningdek aksiya ishtirokchilari politsiya xodimlariga tosh va shisha idishlarni otishgan. Natijada politsiya ko'zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalandi va taxminan 60 kishini hibsga oldi.

Agentlik ma`lumotlariga ko'ra, vabo epimediyasi uch oy ichida 70 kishining o'limiga sabab bo'lgan.