17:40 / 14.01.2018
14849

AQSh elchisi: Bitta terakt bilan aloqalar izdan chiqmaydi

AQShning Nyu-York shahrida o‘tgan yilning oktabr oyida yuz bergan terakt ijrochiligida o‘zbekistonlik shaxs ayblanayotgani AQSh va O‘zbekiston munosabatlariga salbiy ta'sir qilmaydi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosi muxbiri bilan suhbat vaqtida aytib o‘tdi.

AQShda biror joyda terror xuruji bo‘lsa, munosabat bildiriladi, javob beriladi. Sakkiz odam o‘ldi, axir. Og‘ir fojia. Bu voqea ortidagi odam O‘zbekiston fuqarosi ekani afsuslanarli hol.

Qo‘shma Shtatlarda immigratsiya masalasi dolzarb bo‘lib turgan paytda yuz bergani uchun ham bu ishga e'tibor kuchli. Bu shaxs AQShga qonunan kelgan.

Xavfsizlik, albatta, qaltis masala. Biz grin karta dasturini o‘rganib chiqib, shuni aniqlaganmizki, bu yo‘l bilan kelayotganlarning aksariyati Amerikada yangi hayot qurish bilan band va to‘g‘ri yo‘lda.

Immigratsiya bo‘yicha debatlar qanday qarorlarga yetaklaydi, buni oldindan ayta olmaymiz. Kuzatamiz, ogohmiz. O‘zbekiston hozirgacha biror cheklov yoki alohida chora bilan yuzlashadi, degan gap yo‘q. Terror xurujlarining ta'siri kuchli har doim, lekin O‘zbekistonga nisbatan salbiy qarashni sezmayapman. Bu voqeadan keyin Liza Kurtis (Oq uy rasmiysi) O‘zbekistonga kelib ketdi. Kongressdan sakkiz kishilik delegatsiya kelib ketdi. Prezident Mirziyoyev va Prezident Tramp telefonda gaplashdi. Bitta voqea bilan aloqalar izdan chiqmaydi», degan AQSh elchisi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk mashinasi velosiped yo‘lagiga o‘tib, o‘z yo‘li ustidagi velosipedchilarni bosib ketdi, so‘ng maktab avtobusiga borib urildi. Yuk mashinasi haydovchisi, O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov politsiya tomonidan yaralandi. Terakt oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohatlandi.

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Mavzuga oid
Top