Andijonda  Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 26 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni har yilgidan farqli ravişda kötarinki ruhda nişonlanmoqda.

Bugun erta tongda viloyat hokimligi va keng jamoatçilik vakillari Xotira  xiyobonidagi  haykal poyiga guldastalar qöydilar.

 Söng bayram tantanalari viloyat markazidagi Navoiy şohköçasida boşlandi. Minglab kişilar qöllarida yurt bayroği bilan harbiy parad va askarlarning çiqişlarini tomoşa qildilar. Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, bayram tom ma'noda xalq sayliga aylanib ketdi. Maydonda orkestr sadolari ostida Qurolli kuçlarimiz vakillari öz salohiyatini namoyiş qildilar.

Bobur nomli viloyat musiqali drama teatrida bölib ötgan tantanada harbiylar şaraflanib, ularga mukofotlar va avtomaşinalar kaliti topşirildi. Viloyat san'at ustalari tomonidan teatrlaştirilgan konsert dasturi namoyiş qilindi.