16:10 / 14.01.2018
10978

Xitoy yaqinida yonib ketgan Eron tankeridagilarning barchasi halok bo‘ldi

Foto: Xinhua

6 yanvar kuni Eron neft tankeri Mv Sanchi Xitoy qirg‘oqlari yaqinida yuk tashuvchi CF Crystal yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqandi. Shu vaqtgacha tankerdagilarning taqdiri noma'lumligicha qolayotgandi.

Sharqiy Xitoy dengizi hududida ro‘y bergan to‘qnashuv vaqtida tankerda 32 kishi - 30 nafar eronlik va Bangladeshning ikki fuqarosi bo‘lgan. PressTV telekanalida ma'lum qilinishicha, hodisa oqibatida tankerda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgan.

Eron hukumati vakili, ushbu hodisani tekshirish bo‘yicha maxsus bo‘lim rahbari Muhammad Rastadaning ma'lum qilishicha, fojiadan omon qolganlarni topishga umid qolmadi. Ayni vaqtga kelib tanker suvga cho‘kib ketgan.

Ushbu tanker Eronning NITC milliy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top