20:40 / 14.01.2018
13590

Tramp mehmonxonasiga kiraverishda uning o‘zi ishlatgan qo‘pol so‘zlar paydo bo‘ldi

14 yanvarga o‘tar kechasi Donald Trampga qarashli Trump International Hotel mehmonxonasiga kirish joyida u AQShga ba'zi davlatlardan keluvchi muhojirlarga nisbatan ishlatgan qo‘pol so‘zi proyeksiyalandi.

Ushbu holat videosi avval ham shunday aksiyalar uyushtirgan va Tramp mehmonxonasiga uni tanqid qiluvchi so‘zlar tushirgan Bell Visuals harakati tomondan tarqatilgan.

Avvalroq Tramp immigratsiya bo‘yicha Oq uydagi uchrashuvda AQShga Haiti, Salvador va Afrikaning bir qator davlatlaridan keluvchi muhojirlar haqida qo‘pol so‘zlar aytib, “Nima uchun AQShga bu “qalang‘i-qasang‘i” davlatlardan keluvchi odamlar kerak?” deb aytgan.

Uning bu so‘zlari mojaroga va ko‘plab davlatlar hamda BMT rasmiy vakillari tanqidiga sabab bo‘lgan.

Top