11:42 / 15.01.2018
16645

AQShda avtomobil binoning ikkinchi qavatiga “kirib ketdi”

Foto: OCFA PIO / twitter

AQShning Santa-Ana shahrida avtomobil yo‘l chetidagi to‘siqqa katta tezlikda kelib urilib, stomatologik klinika binosining ikkinchi qavatiga kirib ketgan. Bu haqda The Los Angeles Times nashri xabar berdi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, mashina to‘siqqa urilgach, havoga ko‘tarilib, binoning ikkinchi qavati ichiga kirib qolgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi mast holatda bo‘lgan. Haydovchi va u bilan birga bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgan, binodagi hech kimga zarar yetmagan.

Top