11:32 / 15.01.2018
10355

Alba «Real» haqida: bizni bunday natijalar uchun o‘ldirishgan bo‘lardi

Foto: AP

Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi himoyachisi Xordi Alba o‘z jamoasi Primeradagi chempionlik uchun kurashda Madridning «Real» klubidan ancha oldinga o‘tib ketgani haqida gapirdi. Ayni damda kataloniyaliklar hisobida 51 ochko bo‘lsa, «qaymoqranglilarda» - 32.

«Agarda biz «Real»dan 19 ochko ortda qolayotgan bo‘lganimizda, Barselonada bizni o‘ldirishgan bo‘lardi. Albatta, biz juda oldinga o‘tib ketganmiz, biroq «Real» oxirigacha kurashadi.

Muvaffaqiyatning siri jamoaning o‘zida. Bizda hamma 100 foizga o‘ynamoqda. Albatta, hujumdagi futbolchilar juda muhim o‘rin tutadi», - deya Albaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniya klubi «Real Sosedad»ni mehmonda 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani xabar qilingandi. Luis Suares bahsda dubl qayd etgan bo‘lsa, Paulino va Lionel Messi bittadan gol urdi.

Top