Italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano Madridning «Real» klubi safida 2006-2008 yillardagi ishtiroki haqida so‘zlab berdi.
«Men «Real»da «galaktikos» vaqtida to‘p surgandim. Shartnomani olti yarim yilga imzoladim, biroq u yerda 18 oy davomida bo‘ldim.
Har juma kuni samolyotga o‘tirib, Rimga qaytib kelardim. Men xuddi it kabi ovqatlanib, kechalari uxlamasdim. Mening hayotim juda yomon darajaga tushib qolgandi», - deya Kassanoning so‘zlarini keltiradi Corriere dello Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi himoyachisi Xordi Alba «Real» haqida fikr bildirib, Kataloniyada bunday natijalar uchun nima qilishlarini aytib o‘tgandi.