11:42 / 15.01.2018
5787

Bag‘dodda portlashlar sodir bo‘ldi

Foto: Twitter/MediasetTgcom24

Iroq poytaxti Bag‘dodda ro‘y bergan ikkita portlash natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Sinxua agentligining Iroq IIVga asosan xabar berishicha, portlashlardan biri xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan.

Ayni damda ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlari oydinlashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Bag‘doddagi tumanlardan biriga ikki xudkush terrorchining hujum qilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi va yana 28 inson jarohat oldi.

Mavzuga oid
Top