22:31 / 15.01.2018
10672

Kia 5 metrlik krossoverini ommaviy ishlab chiqarmoqchi 

Foto: Kia

Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi 2016 yilda taqdim qilgan, 5 metrlik Telluride krossoverini ommaviy ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda kompaniya vakili Piter Shrayyerga iqtibos keltirgan holda Avstraliyaning Go Auto nashri xabar bermoqda

Kompaniya krossoverning seriyali versiyasi haqida hech qanday ma'lumot bermagan. 

Krossoverning prototipi uzunligi 5001 mm.ni, eni 2029 mm.ni, balandligi esa 1800 mm.ni tashkil qiladi. Uchta o‘rindiqlar qatoriga ega kontsept-kar Sorento platformasida qurilgan.

Prototip gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Uning tarkibiga 270 ot kuchiga ega 6 silindrli benzin dvigateli va 130 ot kuchiga ega elektr motor kirgan. Ikki dvigatelning umumiy quvvati 400 ot kuchini tashkil qiladi. Mashina raqamli asboblar paneli, eshiklarga o‘rnatilgan ekranlar, yo‘lovchilar holatini kuzatish tizimi bilan jihozlangan.

Top