09:50 / 15.01.2018
7807

Qozog‘istonda mudhish YTH: 5 kishi halok bo‘ldi, 5 inson jiddiy jarohatlandi

Foto: Ca-news

Qozog‘istonning Atirau oblasti Isatoy tumanidagi Atirau – Astraxan trassasida yirik avariya yuz berdi, besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston OAV oblast Ichki ishlar departamenti matbuot kotibi Nozimgul Kaysagaliyevaga tayangan holda.

YTH 14 yanvar kuni soat taxminan 15:15da X.Yergaliyev qishlog‘idan besh kilometrlik masofada yuz bergan. Hyundai Accent va VAZ-21015 avtomashinasi to‘qnashib ketdi. Avariya natijasida VAZ-21015’ning 60 yoshli haydovchisi va to‘rt nafar yo‘lovchi – 1977 hamda 1961 yilda tug‘ilgan ikki ayol, 1989 va 1958 yilda tavallud topgan erkaklar hayotdan ko‘z yumdi.

Hyundai Accent’da bo‘lgan barcha odamlar, haydovchi va to‘rt yo‘lovchi, ularning orasida yosh bolalar ham bo‘lgan, Akkistau tumani markazidagi shifoxonaga olib ketildi. Kaysagaliyevaning so‘zlariga ko‘ra, qator ekspertizalar belgilandi, tergov boshlangan.

Top