17:00 / 15.01.2018
6425

Lightning’ni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi simsiz Qi-quvvatlantirish qurilmasi 

Yil boshidagi ko‘plab yorqin anonslar orasida bir qarashda oddiydek, biroq juda muhim narsalar ham bor. iPhone foydalanuvchilariga ilk bora Apple kompaniyasidan Lightning kabellarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan begona simsiz quvvatlantiruvchi qurilma taklif etildi. 

LXORY mobil devayslar uchun simsiz quvvatlantiruvchi qurilmalar biznesida yetakchi kompaniyalar ichiga kirmaydi, biroq aynan u Apple Lightning kabellari qo‘llab-quvvatloviga ega simsiz zaryad qurilmasini chiqardi. Bu haqda Cheym Gartenberg theverge.com resursida xabar bergan.

Devordagi elektr rozetkadan zaryadli gilamchaga energiya berishga mo‘ljallangan simsiz quvvatlantiruvchi qurilmalardan aksariyati MicroUSB, USB-C yoki boshqa portlarni qo‘llab-quvvatlaydi. LXORY’dan yangi zaryadli qurilmada Apple kompaniyasidan propriyetar kabel konnektorining kirishi ham nazarda tutilgan. Shu tariqa, foydalanuvchi o‘tkazuvchi hamda o‘z iPhone’ining simsiz zaryadkasi o‘rtasida o‘tish uchun kabellarni o‘zgartirishi shart emas.

Foto: The Verge

Shuningdek, mobil devayslarga ikkilamchi yangi simsiz quvvatlantiruvchi qurilma harorat sensori bilan jihozlangan, u quvvat olayotgan devaysni qizib ketishdan himoya qiladi. Foydalanuvchilarga o‘z yangiligini taqdim etayotgan kompaniya saytida ko‘rsatilishicha, aksessuarning o‘lchamlari (millimetrlarda) 203 x 93 x 9,5’ga teng.

LXORY’dan simsiz zaryadka qurilmasi Lightning’ni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi narsadir, biroq unda MicroUSB va USB-C odatiy konnektorlari uchun raz'yemlar ham nazarda tutilgan. Bu esa, yangi zaryad qurilmasi foydalanuvchisiga uning devaysi quvvatlanishi uchun qanday raz'yem shakli hisobga olingani unchalik ham katta muammo bo‘lmasligini anglatadi. Quvvatlantiruvchi qurilma konstruksiyasi bilan Qi ikkita qo‘llab-quvvatlanuvchi devaysini bir vaqtda quvvatlantirish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Simsiz aksessuarda devordagi elektr rozetka uchun qo‘shimcha kabelni ulashga USB Type-A porti ham e'tiborga olingan.

Foto: The Verge

Biroq, yangi quvvatlantirish qurilmasida qator jihatlar borki, ular ba'zi foydalanuvchilarga kamchilik bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Devordagi rozetkaga ulanish uchun vilkali quvvat bloki Lightning’ni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi zaryad qurilmasining yetkazib berish to‘plamiga kirmaydi. Shuningdek, u chiqishda faqat 5 vattli quvvatni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Shu tariqa, foydalanuvchilar 28,60 dollarga ikki devaysni bir vaqtda quvvatlantirish imkoniga ega hamda mobil devayslar bozorida taqdim etilgan kabellar uchun xos bo‘lgan konnektorlarning barcha asosiy turlarini qo‘llab-quvvatlovchi simsiz quvvatlantiruvchi qurilmani xarid qilishlari mumkin. Shu bilan birga, aksessuar tez quvvatlantirish qo‘llab-quvvatloviga ega emas. 

Top