20:50 / 15.01.2018
18373

OTM uchun 50 foizgacha imtiyozli narxlarda internet tarifi ishlab chiqildi

Oliy ta'lim muassasalari uchun «O‘zbektelekom» AK tomonidan 50 foizgacha imtiyozli narxlar asosida hamda cheklanmagan trafik Internet tarmog‘i xizmatlari uchun tarif rejalari ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Matbuot xizmati xabar beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ana shunday maxsus internet tarmog‘i xizmatlari joriy etilmoqda. Ushbu kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan bajarilishi aytilmoqda.

«Internet tarmog‘i uchun ishlab chiqilgan tarif professor-o‘qituvchilar va talabalarga o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishida yanada kengroq imkoniyat beradi», deyiladi xabar matnida.

Top