18:44 / 15.01.2018
10771

Zidanning «Real» bilan imzolaydigan yangi shartnomasi bandlari oshkor bo‘ldi

Foto: Marca

«Real» klubi rahbariyati fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanga to‘liq ishonch bildirmoqda va u bilan yangi shartnoma imzolaydi.

AS xabariga ko‘ra, 45 yoshli murabbiy bilan moliyaviy bandlari yaxshilangan mehnat bitimi rasmiylashtiriladi. Uning maoshi yiliga 10 million yevro qilib belgilanadi.

Ayni paytda, Zidan klub bilan 2020 yilgacha imzolangan shartnoma bo‘yicha 4,5 million yevro maosh olyapti.

Top