18:44 / 16.01.2018
33741

17 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 2-7 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 20-25, kunduzi 8-13 daraja sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, cho‘l hududlarida 10-15 daraja sovuq,  kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo  viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi), ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi, (yomg‘ir, qor yog‘ishi) ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top