09:56 / 16.01.2018
7022

AQSh suriyalik kurdlarga maxfiy bitim bo‘yicha zenit-raketa majmualarini bergan – OAV

Foto: AP Photo / Seivan Selim

AQSh suriyalik qurollangan kurdlar tuzilmalariga (YPG) maxfiy bitim doirasida olib yuriluvchi zenit-raketa majmualari partiyasini topshirgan. Bu haqda RIA «Novosti» «Al-Masdar» portaliga tayangan holda xabar tarqatdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, olib yuriluvchi zenit-raketa majmualari Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin tumanida bo‘lgan kurdlar tuzilmalariga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada «istalgan daqiqada» harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qilgani xabar berilgandi. Uning ma'lum qilishicha, Suriya shimolida AQSh tomonidan tashkil etilayotgan «chegara xavfsizlik kuchlari» Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, Suriyadagi harbiy amaliyot «istalgan daqiqada» boshlanishi mumkin. 

Top