18:23 / 16.01.2018
23686

Yoqilg‘i quyish shoxobchasida pistolet o‘qtalgan shaxsga tegishli choralar ko‘rildi

2018 yilning 15 yanvar kuni taxminan 17:30 larda fuqaro T.S. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasida Uchtepa tumani hududida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga navbatsiz kirib kelgan fuqaro N.Z. bilan tortishib qolgan. 

Shundan so‘ng, jahli chiqqan erkak ayol xaridorga o‘zaro kelishmovchilik natijasida «MRK-654K» rusumli pnevmatik pistoletini o‘qtalgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro T.S.dan «MRK-654K» rusumli pnevmatik pistolet olinib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Top