08:05 / 16.01.2018
13178

Nazarboyev AQShga keldi

Foto: Aleksey Drujinin/RIA «Novosti»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQShga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati.

«Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif davomida AQSh prezidenti Donald Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar rasmiy va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashadi», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Top