13:02 / 16.01.2018
37941

Nazarboyevni Vashington aeroportida qanday kutib olishdi? (video)

Foto: Oqo‘rda

Oqo‘rda Qozog‘iston prezidentining Vashington aeroportida kutib olinishi tasvirlangan videoni e'lon qildi.

Nursulton Nazarboyevga aeroportda Qozog‘istonning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Yerjan Kazixanov hamrohlik qilgan. Shuningdek, videoga ko‘ra, prezidentning yetib kelgan vaqtida AQShning Qozog‘istondagi elchisi Jon Krol ham bo‘lgan.

Ikki mamlakat yetakchisi o‘rtasidagi muzokaralar bugun, 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Nazarboyev va Tramp mintaqaviy xavfsizlik hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha strategik sheriklikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘llarini muhokama qiladi.

Top