10:25 / 16.01.2018
17507

Nyu-York meri Trampga qarshi chiqdi

Foto: AP

Nyu-York meri Bill De Blazio AQSh prezidenti Donald Trampning qashshoq davlatlardan bo‘lgan migrantlarga nisbatan siyosatiga qarshi tashkillashtirilgan marshda ishtirok etdi.

"Bugun shu yerga kelgan har bir inson o‘sha, biz orzu qilgan va xohlagan Amerikani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yer barcha uchun, hamma hurmat qilinadigan joy", - deya aytib o‘tdi De Blazio yig‘ilganlarga sahnadan murojaat qilib.

Trampning ba'zi davlatlardan bo‘lgan migrantlar haqidagi gaplariga norozilik sifatida tashkil etilgan aksiya Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonida bo‘lib o‘tdi. Aktsiya: "Irqchilikka qarshi marsh: Haiti va Afrikani qo‘llab-quvvatlang" shiori ostida tashkil etildi. Ko‘plab ishtirokchilar Tayms-skverga Haiti hamda AQSh bayrog‘i bilan kelishgan.

«Bunday bo‘lmagan!» - Tramp o‘z so‘zlarini yana tan olmadi

Trampning dunyo hamjamiyatining keskin munosabatiga sabab bo‘lgan so‘zlari uning Oq uyda kongressmenlar bilan uchrashuvi davomida yangragan. Ma'lumotlariga ko‘ra, senator-demokrat Dik Durbin immigratsiya muammosini muhokama qilish vaqtida Haitini eslaganda, Tramp nima uchun kimdir AQShga Haiti va Afrika davlatlari kabi “qo‘lansa”dan muhojirlar kelishini istashini so‘ragan. 

Mavzuga oid
Top