23:02 / 16.01.2018
56100

«PSJ» Ronalduni olishga tayyor, faqat bir shart bilan

Foto: Getty Images

«PSJ» klubi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashga tayyor, deb xabar beradi Goal.

Biroq, parijliklar faqat bir shart bilan uning transferini amalga oshirmoqchi: «Real» hujumchi Neymarni qo‘lga kiritish uchun qilayotgan harakatlarini to‘xtatishga kafolat berishi shart.

Avvalroq, «Real» prezidenti Florentino Peres portugaliyalik agent Jorjye Mendesh bilan suhbatlashib, Ronaldu o‘ziga boshqa klub izlashi mumkinligini aytgan edi.

Top