10:36 / 16.01.2018
15781

Saudiya podshohi Nazarboyevga AQShga uchib ketishidan avval qo‘ng‘iroq qilgan

Foto: AP

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud kecha, telefon muloqoti davomida jahon neft bozoridagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari muloqot chog‘ida jahon neft bozoridagi hozirgi vaziyat hamda Nursulton Nazarboyevning Saudiya Arabistoniga 2016 yilning oktabrida amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning bajarilish holatini muhokama qildilar.

Saudiya Arabistoni podshohining ta'kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda hamda Saudiya kompaniyalariga Qozog‘istondagi neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish bo‘yicha ko‘rsatma bermoqchi.

Matbuot xizmatidan qayd etishlaricha, muloqot Saudiya Arabistoni tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

Top