20:07 / 16.01.2018
6964

Shavkat Mirziyoyev XXRning diplomatik missiyasi tugayotgan elchisini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi. 

Ta'kidlash joizki, qabul Sun Litszening mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan tashkil qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszega “Do‘stlik” ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Top