22:40 / 16.01.2018
11874

Toshkentdan Barselonaga aviaqatnov qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 24 may kunidan e'tiboran Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Ispaniyaga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ya boshlaydi. Bu haqida milliy tashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar har haftaning payshanba kunlari qator qulayliklarga ega  Boeing samolyotlarida amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali:

  • HY-259 reysi. Toshkentdan parvoz qilish vaqti - 03:10, Barselonaga qo‘nish vaqti - 08:05.
  • HY-260 reysi. Barselonadan parvoz qilish vaqti - 09:45, Toshkentga qo‘nish vaqti - 19:50.

Barcha punktlarda mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Aviachiptalarni barcha sotuv punktlarida va www.uzairways.com saytida onlayn xarid qilishingiz mumkin.

Top