11:33 / 17.01.2018
29941

2017 yilda Avtoraqam onlayn auksioni orqali necha so‘mlik “chiroyli” avtoraqam sotilgani ma'lum

Foto: KUN.UZ

2017 yilda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan barcha bitimlarning umumiy hajmi 2016 yil davri bilan solishtirganda 15,2%ga o‘sib, 13,88 trln so‘mni tashkil etdi. Xususan, birja bitimlarining hajmi 20,1%ga oshib, 11,35 trln so‘mga yetdi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda tadbirkorlik sub'yektlarining O‘zRTXB elektron savdolarida keng ishtiroki ta'minlandi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtiroki bilan tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 2016 yilga nisbatan 12%ga o‘sib, 9,4 trln so‘mni tashkil etdi. 

2017 yilda ko‘rgazma-yarmarka savdolari tizimida 1,6 trln so‘mlik 66,8 mingta bitim tuzildi va bu 2016 yilga nisbatan 10%ga ko‘pdir. Birjaning ko‘rgazma-yarmarka savdolari va valyuta savdo maydonchasi orqali 58,3 mln AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar eksport qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustidagi 683–sonli qarorini bajarish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalarida sotish bo‘yicha yangi savdo platformasi ishga tushirildi. Avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn auksion birjaning yangi avtoraqam.uzex.uz vebsaytida amalga oshirila boshladi.

Avtoraqam tizimi ishga tushgan paytdan boshlab 2017 yilning oxiriga qadar “O‘zRTXB” AJ ning onlayn auksioni orqali umumiy qiymati 27,6 mlrd so‘mlik 1364 ta “chiroyli” avtoraqamlar jismoniy va yuridik shaxslarga sotildi.

Top