15:17 / 17.01.2018
12244

2017 yilning eng mashhur o‘yinidagi firibgarlik uchun 120 nafar xaker hibsga olindi

Foto: PlayerUnknown's Battlegrounds

Tencent korporatsiyasi Xitoyda PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining rasmiy taqdimoti arafasida xakerlarga qarshi kurashni faollashtirdi. Noshir 2017 yilning eng mashhur o‘yiniga chitlar ishlovchi kishilarga qarshi chiqmoqda.

Mahalliy politsiya begona dasturiy ta'minot ishlanmalari bilan bog‘liq kamida 30 holatni aniqladi. Huquq-tartibot organlari jami 120 nafar kishini qo‘lga olishdi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, PlayerUnknown's Battlegrounds foydalanuvchilarining aksariyati Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu o‘yin hali bozorga rasman chiqmagan, biroq bu geymerlarga unda ishtirok etishga xalaqit berayotgani yo‘q.

Bundan avval PlayerUnknown's Battlegrounds foydalanuvchilari xitoylik chiterlar ustidan shikoyat qilishgan edi. Geymerlar hatto petitsiya ostiga imzo ham yig‘a boshlashgan. Ular xitoylik foydalanuvchilarning o‘yinga kirishini taqiqlashni talab qilishmoqda.

Top