01:34 / 17.01.2018
7253

Yaponiya Shimoliy Koreya bilan aloqalarni uzishga chaqirdi  

Foto: Foto : Rs1421

Yaponiya barcha davlatlarni Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzishga va shimoliy koreyalik ishchilarni chiqarib yuborishga chaqirdi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono ma'lum qildi. 

“Shimoliy Koreya Seul bilan muloqot qilayotganini sanksiyalar naf berayotganining isboti sifatida talqin qilish mumkin. Hozir barcha davlatlar uchun BMTning tegishli rezolyutsiyalarini bajarishga sodiqliklarini ko‘rsatish vaqtidir. Bu Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzishni va shimoliy koreyalik ishchilarni chiqarib yuborishni o‘z ichiga olishi mumkin”, deb aytgan Kono Vankuverda Shimoliy Koreya bo‘yicha o‘tgan uchrashuvda.

Kononing ta'kidlashicha, yil Shimol va Janub o‘rtasidagi muloqotlarning qayta yo‘lga qo‘yilishi bilan boshlandi, biroq yadroviy va ballistik raketalar dasturlarini to‘xtatish tomon siljish yo‘q. 

“Biz birgalikda Shimoliy Koreya o‘z siyosatini qurolsizlanish tomon o‘zgartirishi uchun unga maksimal darajada bosimni kuchaytirishimiz lozim”, deb aytgan Kono.

Hozirda Kanadaning Vankuverida bir qator davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Shimoliy Koreya bo‘yicha uchrashuvi o‘tmoqda. 

2017 yil dekabrda BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi xalqaro sanksiyalar kiritdi. Rezolyutsiya qolgan bandlardan tashqari, BMTga a'zo barcha davlatlarga shimoliy koreyalik mehnat muhojirlarini vatanlariga 2019 yil oxirigacha qaytarishni buyuradi.

Mavzuga oid
Top