10:51 / 17.01.2018
5700

Tramp: terrorizm bo‘yicha qamalgan har to‘rt kishidan uch nafari xorijlik

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida AQSh Adliya vazirligi va Ichki xavfsizlik vazirligi hisoboti haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, terrorizm bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudlangan har to‘rt kishidan uch nafari xorijda tug‘ilgan.

«Adliya vazirligi hamda Ichki xavfsizlik vazirligining yangi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, terrorizm bilan bog‘liq ishlar uchun sudlangan har to‘rt shaxsdan uch nafari xorijda tavallud topgan», - deya yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, AQSh Kongressiga chora-tadbirlar to‘plami yuborilgan bo‘lib, ular mamlakatda xavfsizlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgandir.

Top