10:03 / 18.01.2018
7839

Yana bir davlat OPeKka kirish niyatida ekanini ma'lum qildi

Kongo Respublikasi Neft eksportchilari bo‘lgan davlatlar tashkilotiga (OPeK) kirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Reuters agentligi Afrikaning ushbu mamlakati hukumati bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.

"Kongo Respublikasi Neft eksportchilari bo‘lgan davlatlar tashkilotiga (OPeK) kirishga qaror qildi", - deyiladi rasmiy bayonotda. U 11 yanvarda imzolangan, biroq OAVga chorshanba kuni tarqatilgan, deya ta'kidlaydi agentlik.

"Tashkilotga tez orada kirish niyatida Kongo Respublikasi prezidenti Deni Sassu-Ngesso mamlakat jahon yetakchilari qatoridan joy olishini xohlayotganidan dalolat beradi", - deyiladi bayonotda. Unga Kongo Respublikasi prezidenti kabineti rahbari Floran Ntsiba imzo chekkan.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi rahbari Adal al-Jubayr 8 yanvar kuni Kongo Respublikasi poytaxti Brazzavilga tashrifi chog‘ida mamlakat OPeKka kirishini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qilgandi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top