11:12 / 18.01.2018
18950

Nazarboyevning qarorgohiga politsiyachi boshqaruvidagi Porsche Cayenne kelib urildi (foto)

Foto: Tengrinews

Politsiyachi boshqaruvida bo‘lgan Porsche Cayenne avtomobili Oqo‘rda – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarorgohi darvozasiga kelib urildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Ostona shahri Ichki ishlar departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, YTH 17 yanvarga o‘tar tunda sodir bo‘lgan. Xizmat tekshiruvi o‘tkazildi, uning davomida Ostona IID yo‘l-patrul politsiyasi maxsus bataloni xizmati inspektori, politsiya katta leytenanti Ye.Imanbekov Do‘stiq ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, yo‘ldagi yaxvonlikda boshqaruvni yo‘qotgani hamda prezident qarorgohi darvozasiga kelib urilgani aniqlangan. Jabrlanganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews

Politsiyadan ta'kidlashlaricha, YTHga sababchi bo‘lgan Ye.Imanbekov va vzvod qo‘mondoni, uning rahbari, politsiya kapitani G.Jumaxmetov Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlaridan ishdan bo‘shatilgan. 

Top