10:50 / 19.01.2018
6274

Abdulaziz Komilov Hikmat Halil Karzay bilan ko‘rishdi

Foto: KUN.UZ/Arxiv

2018 yilning 18 yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Halil Karzay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 4-6 dekabr kunlari Toshkent shahridagi uchrashuvi va muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida vazirlar darajasida «Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish» mavzusidagi ochiq munozaralarning kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning ba'zi muammolari, zamonaviy xavf hamda tahdidlarga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi.

Top