09:34 / 19.01.2018
15296

AQSh Turkiyaga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Sputnik

AQSh Davlat departamenti Turkiyani suriyalik kurdlarga qarshi qandaydir harakatlarni amalga oshirmaslik, balki IShID terrorchilari bilan kurashga bor e'tiborni qaratishga chaqirdi. Bu haqda idora rasmiy vakili Hezer Nauert ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Biz, albatta, bu ro‘y berishi yoki bermasligini bilmaymiz. Biz turklarni bunday harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz. U yerda barcha tomonlar IShID bilan kurashishini xohlaymiz», - deya aytib o‘tdi Nauert.

Shu bilan birga, uning ma'lum qilishicha, AQSh Suriyada «chegara xavfsizligi kuchlarini» tashkil etish niyatida emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqarani darg‘azab qilgan bu masala «noto‘g‘ri talqin etilgan». Nauertning so‘zlariga ko‘ra, kurdlarga yordamdan asosiy maqsad IShIDdan ozod etilgan tumanlarda xavfsizlikni ta'minlashdan iboratdir.

Nauert Anqarani aynan nima tashvishga solayotgani bo‘yicha savolga javob qaytarar ekan, bu borada turk tomoniga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya armiyasi oshirilgan jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top