22:20 / 19.01.2018
11085

Qirg‘iz siyosatchisi Omurbek Babanov deputatlik mandatidan mahrum etildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi Omurbek Babanovni uning deputatlik vakolatlarini muddatdan avval topshirish haqidagi arizasi asosida deputatlik mandatidan mahrum etdi. Ushbu qaror bir ovozdan qabul qilingan.
     
Avvalroq Qirg‘iziston bosh prokuraturasi “Respublika — Ata Jurt” partiyasi yetakchisi Babanov va boshqa shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. Unga konstitutsion tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish va milliy, irqiy va diniy adovatni qo‘zg‘atishga chorlash ayblari qo‘yilmoqda. Gap Babanovning saylovoldi tashviqoti vaqtida O‘shdagi “Amir Temur” tumani aholisi bilan uchrashuvi haqida ketmoqda.

Babanov Qirg‘izistondagi prezident saylovlaridan keyin Qirg‘izistonni tark etgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, u Karlovi Variga (Chexiya) davolanishga jo‘nagan, hozirda esa Moskvada qolmoqda.   

Babanov jinoiy ta'qib qilina boshlagandan keyin siyosatdan ketishini aytgan.

Mavzuga oid
Top