10:20 / 19.01.2018
16210

«Qozog‘iston tayyor» - Nazarboyev KXDR haqida gapirdi

Foto: Tengrinews

Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, Qozog‘iston KXDR bo‘yicha muzokaralar uchun maydoncha taqdim etishga tayyor. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

"Biz “yadroviy beshlikka” KXDR xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish tarafdorimiz, bu ishonch muhitini uyg‘otish va Pxenyanni muzokaralar stoliga qaytarish uchun muhim shart. Qozog‘iston vositachilik harakatini amalga oshirish hamda o‘z maydonchasini manfaatdor tomonlar muzokaralari uchun taqdim etishga tayyor", - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev BMT XK yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Trampning Donbass bo‘yicha g‘oyasi haqida gapirgandi.

Mavzuga oid
Top