16:14 / 19.01.2018
30973

Qozog‘istonda 45 darajagacha sovuq kutilmoqda

Foto: Flickr

Qozog‘iston Gidrometeorologiya markazi kutilayotgan keskin sovuq (-45) tufayli bo‘rondan ogohlantirish e'lon qildi. Tengrinews shu haqida xabar berdi. 

Qozog‘iston hududi bo‘ylab Arktika antitsikloni o‘tishi munosabati bilan kutilayotgan kuchli sovuq harorat tufayli qator viloyatlar aholisi bo‘rondan ogohlantirildi. 

22-26 yanvar oralig‘ida Oqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qorag‘anda, Sharqiy Qozog‘iston viloyatlarida kuchli ayoz kutilmoqda - kechasi 35-40 daraja sovuq, 24-26 yanvar kunlari joylarda juda kuchli sovuq kutilmoqda - 45 daraja sovuq, kunduzi 27-32 daraja sovuq, joylarda 35 daraja sovuq.

22-26 yanvar kunlari Kostanay viloyatida kuchli sovuq kutilmoqda, kechasi - 33-38 daraja sovuq, kunduzi - 20-25 daraja sovuq.

Ostonada 23-26 yanvar oralig‘ida kuchli sovuq kutilmoqda, kechasi - 35-40, kunduzi 27-32 daraja sovuq.

"Salomatlik va hayot xavfsizligini ta'minlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining tavsiyalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi", - deyiladi manbada. 

Top