09:55 / 19.01.2018
23202

Putin ko‘lda cho‘mildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg va Leningrad oblastiga amaliy dasturi yakunlangach, Tver oblastiga yo‘l oldi va u yerda maxsus cho‘milish marosimida qatnashdi. RF rahbari Seligerdagi muzdagi o‘yiqqa sho‘ng‘ib chiqqan. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.

"Putin maxsus bayram munosabati bilan tegishli marosimda ishtirok etdi, shuningdek, Seliger ko‘lidagi cho‘milish tadbirida qatnashdi", - deya aytib o‘tdi u.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda markaziy Rossiyada an'anaviy chilla sovug‘i kuzatilmayapti, shuning uchun “ko‘ldagi harorat bu kecha olti-yetti daraja sovuqdan pastga tushmagan”.

Peskovning aytishicha, Putin uchun bu maxsus cho‘milish marosimlaridagi birinchi tajriba emas. "Prezident bir necha yildan beri shunday cho‘milish tadbirlarida qatnashadi", - deya aniqlik kiritdi u.

Foto: Aleksey Drujinin/RIA «Novosti»
Foto: Aleksey Drujinin/RIA «Novosti»
Foto: Aleksey Drujinin/RIA «Novosti»

 

Top