16:46 / 20.01.2018
166228

Aqto‘be fojiasiga kavshar lampa sabab bo‘lgan

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiaga kavshar lampa sabab bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston IIV rahbari o‘rinbosari Yerlan Turgumbayev xabar berdi. Hodisa oqibatida O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘ldi.

«Avtomashina dvigateli o‘chib qolgani va mashinada sovuq bo‘lgani tufayli, ushbu avtobusda payalnik (kavshar lampasi) isitish uchun ishlatilgan. U ikki soatdan ortiq vaqt davomida ishlagan», - deya aytib o‘tdi Turgumbayev.

Foto: Kavshar lampa

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in «benzinga to‘la idish tasodifan to‘kib yuborilganida» boshlangan.

«Tabiiyki, gaz-benzinli aralashma avtomashinaning butun saloniga tarqagan, benzin idish tasodifan to‘kib yuborilganida esa, yong‘in yuz bergan, u deyarli darhol, 5 daqiqa davomida bu avtobusda bo‘lgan barcha fuqaroning hayotiga zomin bo‘lgan», - deya aytib o‘tgan vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV Aqto‘be fojiasida halok bo‘lgan 49 fuqaro ro‘yxatini e'lon qilgani, Shavkat Mirziyoyev esa Aqto‘be fojiasining asl sabablari haqida to‘xtalgani xabar berilgandi.

Mavzu
Aqto‘beda fojia

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi

Barchasi
Top