16:50 / 21.01.2018
10236

UYeFA transfer bozoridagi aqlbovar qilmas pullar uchun keskin chora ko‘rmoqchi

UYeFA moliyaviy Fair Play talablarini keskin ravishda oshirmoqchi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «PSJ» kabi juda katta miqdorda pul sarflovchi klublarning transfer siyosatini qattiq nazorat qilishni rejalashtirgan. UYeFA iqjroqo‘mi yangi qoidalar loyihasini 2018 yilning may oyida ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Qoidalarning yangi talqiniga ko‘ra, tashkilot klublarning faqat transferlar bo‘yicha xarajatlarini nazorat qiladi. Taxminlarga ko‘ra, yangi qoidaga ko‘ra, jamoa bir yilda futbolchi sotib olish va sotib olish bo‘yicha xarajatlarni 100 million yevrodan oshirmasligi talab qilinadi. Bundan tashqari, UYeFA klublarning qarzlarini ham nazorat qilishni ko‘rib chiqmoqchi.

Yana bir qoidalardan biri bu klublar tarkibidagi futbolchilar sonining 25tadan oshmasligi bo‘lishi mumkin. UYeFA shuningdek jamoalarning shartnomalari bo‘yicha summani ham cheklamoqchi. Unga ko‘ra klub tuzadigan shartnomalar umumiy foydaning 30 foizidan oshib ketmasligi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida «PSJ» «Barselona» hujumchisi Neymarni 222 million yevro evaziga sotib olgandi. Shuningdek «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe ham ijaraga olingan. Uning sotib olish narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.

Top