01:10 / 23.01.2018
15402

Dunyo boyligining 82 foizi 1 foiz aholi qo‘lida!

2017 yilda dunyodagi boyliklarning 82 foizi - sayyoraning eng badavlat 1 foiz aholisi qo‘lida. Davos forumidan avval taqdim etiluvchi Oxfam hisoboti shundan dalolat bermoqda.

2010 yildan buyon milliarderlarning umumiy soni o‘rtacha 13 foizga oshgan. Bu oddiy ishchilar ish haqining o‘sish sur'atlaridan olti karra ko‘proqdir - maoshlar yiliga o‘rtacha 2 foizga oshgan. Milliarderlar soni esa misli ko‘rilmagan sur'atlarda o‘sib borgan — 2017 yilda dunyoda har ikki kunda yangi milliarder paydo bo‘lgan!

Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, milliarderlarning umumiy boyligi 12 oyda 762 milliard dollarga oshgan. Eng qashshoq 50 foiz aholining ahvolida esa o‘sish kuzatilmagan. Bugunga kelib dunyoda 2043 milliarder bo‘lib, ularning o‘ntadan to‘qqiztasi - erkaklar.

Milliarderlarning taxminan uchdan biri o‘z boyligini meros qilib olgan. Kelgusi 20 yilda dunyoning eng badavlat kishilari o‘z vorislariga 2,4 trillion dollar meros qilishadi - bu 1,3 milliard kishilik aholiga ega Hindistonning yalpi ichki mahsulotidan ko‘p summa.

"Milliarderlarning shiddat bilan ko‘payishi gullab-yashnayotgan iqtisodiyotdan darak bermaydi, bu muvaffaqiyatsiz iqtisodiy tizim belgisi hisoblanadi", - deydi Oxfam International ijrochi direktori Vinni Byanima.

Mavzuga oid
Top